​​Samsungdan yangi "Galaxy Watch Active 2".
Kecha 5-avgust kuni Samsung kompaniyasi o'zining yangi Galaxy Watch Active 2 deb nomlanuvchi aqilli soatini namoyish etdi. Smart soat yumaloq shakilda ishlangan bo'lib sensorli ekrandan tashqari uning atrofiga joylangan sensorli bazel bilan ham jihozlangan. Bazelga qo'l tekkazilganida o'ziga xos vibratsiya bilan smartfon boshqariladi. Galaxy Watch Active 2 ni qo'lda ushlab ko'rganlarning fikricha bu juda qulay va original chiqqan. Smart soatning ko'rsatkichlariga keladigan bo'lsak, ekran kattaligi 1.2 yoki 1.4 duymdan iborat AMOLED, 360x360 ko'rsatkichga ega. Himoya oynasi Gorilla Glass. Narxi 280$.

06.08.2019 Комментарии Telegram

​​Quyosh nuridan quvvatlanadigan smartfon.
"LetsGoDigital" agentligining habar berishicha Xiaomi kompaniyasi yangi, quyosh nurlaridan quvvatlanadigan smartfon uchun patent oldi. G'oya yangilik emas. Avval ham LG kompaniyasi tomonidan bunday smartfon ishlab chiqarilgan edi. Lekin to'laligicha yaroqli chiqmagan. Ko'ramiz Xiaomi buni eplay olarmikin.

09.08.2019 Комментарии Telegram

​​SONY kompaniyasining smartfonlar savdosi yurishmayapti.
2019-yilning birinchi yarmi bo'yicha Sony kompaniyasi 900 mingta smartfon sota olgan xalos. 2018-yil birinchi yarmida bu ko'rsatkich 2 millionni tashkil etgan edi. Bundan ko'rinib turbdiki bu yilgi smartfonlar savdosi 55% tushib ketdi. Sony kompaniyasining eng ko'p smartfon sotgan yili 2014-yilga to'g'ri kelarkan. O'shanda kompaniya 11 million dona smartfon sotgan ekan.

05.08.2019 Комментарии Telegram

​​"LG" dan yangi smartfon.
LG kompaniyasi yangi arzon smartfonlar turiga kiruvchi "X2" smartfonini sotuvga chiqardi. Yevropada bu smartfon "K30" nomi bilan sotuvga chiqadi. Narxi 160$. Smartfon 5.45 duymli HD+ ekrani bilan jihozlangan. Oldi kamerasi 5 mp, orqa kamerasi 13 mp. 2 GB operativ va 32 GB asosiy hotiraga ega. Protsessori Snapdragon 425. Akkumulyator sig'imi 3000 мАч. Android Pie operatsion tizimida ishlaydi.

05.08.2019 Комментарии Telegram

​​Samsung "M" seriyadagi smartfonlarni yangilayapti.
Internetdagi ma'lumotlarga qaraganda Samsung kompaniyasi Galaxy M20 smartfonini "S" qo'shimchali yangilangan turini yaqin kunlarda namoyish etadi. "Galaxy M20s" smartfoni haqida hozircha mavjud ma'lumot, akkumulyator sig'imi 6000 мАч bo'ladi. Ekran kattaligi 6.3 duym.

09.08.2019 Комментарии Telegram

​​Yangi Apple iPhone 11 stilus bilan jihozlanadi.
A.Q.Sh ning "Citi Research" kompaniyasi analitiklarining aytishicha bu yilgi iPhone 11 qo'shimcha "Apple Pencil" deb nomlanuvchi stilus bilan jihozlanadi.

04.08.2019 Комментарии Telegram

​​2 daqiqada 100 mingta.
Huawei kompaniyasi o'zining yangi "Honor 9X" smartfonini 30-iyul kuni internetga sotuvga chiqardi. Dastlabki 2 daqiqada 100 mingta smartfon sotildi.

05.08.2019 Комментарии Telegram

​​Motorola yangi smartfon tayyorlayapti.
Internetda Motorola kompaniyasining yaqin kunlarda namoyish etilishi kutilayotgan "Motorola One Action" smartfoni surati paydo bo'ldi. Smartfon "Android One" operatsion tizimida ishlaydi. Oldi kamerasi 12.6 mp bo'lib 6.3 duymli Ful HD+ ekranining o'ziga o'rnatilgan. Orqa kamerasi uchta. Akkumulyator sig'imi 3500 мАч. "Motorola One Action" hotirasiga qarab uch xil turda (3/32 GB, 4/64 GB va 4/128 GB) sotuvga chiqadi.

09.08.2019 Комментарии Telegram

​​"Caviar" brendidan musulmonlar uchun iPhone.
Oddiy smartfonlarni juda qimmat buyumga aylantiruvchi Rossiyaning "CAVIAR" brendi sof oltindan ishlangan, orqa tomonida Makka shaxridagi soat tasvirlangan "iPhone XS/XS Max Grand Complications Makkah Clock" smartfonini namoyish etdi.

31.07.2019 Комментарии Telegram