Ko'pchilik odamlar aql-idrok bilan emas, yurak amriga bo'ysunib ish ko'rishadi. Ulkan, shu bilan birga uzuq-yuluq rejalar tuzishadi, yo'llarida paydo bo'lgan g'ovlarni bartaraf etish uchun chuqur o'ylangan rejalar asosida emas, tavakkaliga ish tutishadi. Tayyorgarliksiz boshlangan ish yangidan-yangi muammolarni tug'diradi, xolos. Yetti o'lchab bir kesish, hamma narsani mayda-chuydasigacha rejalashtirib olish va puxta tayyorgarlikkina muvaffaqiyat keltiradi.

❕Hech qachon aql bovar qilmas orzular va hali pishib yetmagan rejalar og'ushida mast bo'lib qolmang.

@fabricaresume

23.02.2020 Комментарии Telegram

​​​​"Faoliyatim davomida men 9000 ta koptokni o'tkazib yubordim. Deyarli 300 ta o'yinda yutqazdim. Menga 26 marta hal qiluvchi zarbani ishonishdi - va men ishonchni oqlamadim. Butun hayotim davomida men mag'lubiyatga chidadim - yana, va yana, va yana. Va aynan shuning men muvaffaqiyatga erishdim".
Maykl Jordan.

Muvaffaqiyatga faqat muvaffaqiyatsizlik orqali erishish mumkin. Koptokni ushlab qolishni avvalo uni o'tkazib yuborib o'rganish mumkin. Xato qilishdan to'xtamaguningcha - hal qiluvchi zarbalarni beraverish kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun muvaffaqiyatsizlikka sabr bilan chidash kerak.
Sen uddalaysan!
Taslim bo'lma!
Sen albatta muvaffaqiyatga erishasan!


@fabricaresume

17.02.2020 Комментарии Telegram