#internet

Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin? 🔓🤔

Agar siz boshqa brauzer yoki qurilma yordamida saytga kirish paytida parolni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, biroq Chrome’ga uni saqlash uchun ruxsat bergan bo‘lsangiz, uni osonlikcha shaxsiy kompyuter orqali ko‘rishingiz mumkin:

1️⃣. Chrome’ni ishga tushiring.

2️⃣. Oynaning yuqori o‘ng burchagida uch vertikal nuqta ustiga bosing va ochilgan menyuda “Настройки”ni tanlang.

3️⃣. “Автозаполнение” bo‘limiga qadar pastga qarab tushing va “Пароли” ustiga bosing.

4️⃣. Keyingi bosqichda “Сохраненные пароли”ni ko‘rasiz. U yerga kiring va kerakli veb-saytni izlang.

5️⃣. Parolni ko‘rsatishdan oldin sizdan qayd yozuvingizni tasdiqlash so‘raladi. Tasdiqlang va “OK”ni bosing.

6️⃣. “Ko‘zcha” ustiga bosing va parollarni ko‘ring.

👨🏻‍💻@itspecuz

27.07.2020 Комментарии