#word

📄 Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing:

Satrlararo intervallarni o‘rnatish bo‘yicha tavsiya
Matnni chop etishda ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
Nostandart shriftni hujjatga biriktirish
Microsoft Word’da Автотекст funksiyasidan foydalanish
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
Bir nechta Word hujjati fayllarini ochmasdan turib, ichidagi matnni boshqasiga almashtirish uchun makros
MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash
Microsoft Word dasturi ichida skrinshot hosil qilish
Microsoft Office’da endi gapirib turib matn terdirish mumkin!
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
MS Word’da sahifa raqamlarini hosil qilish bo‘yicha “sirli va qiziq” maslahat
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
MS Word’da “ajralmas probel” belgisidan foydalanish
Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
Matn ostiga chizish bilan bog‘liq maslahatlar
Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin?
Hujjat mundarijasidan quyi darajali sarlavhani olib tashlash
Hujjatni parol bilan himoyalash
Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish
Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
Microsoft Word’da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi?

📌 P.S.: Agar Microsoft Word bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Word) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz. 🔠

Kanalimizda MS Word bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz

11.08.2020 Комментарии Telegram

#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

P.S. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!

3️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz

🔄 Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

📌 Bu haqda sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻@itspecuz

10.08.2020 Комментарии Telegram

#internet #maslahat

Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish 🚫

Agar barcha saytlar uchun bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yishni istasangiz, quyidagi ko‘rsatmadan foydalaning:

1️⃣. Chrome brauzerini ishga tushiring.
2️⃣. Oynaning o‘ng yuqori burchagida uch nuqta ko‘rinishidagi tugma ustiga bosing.
3️⃣. “Настройки”ga o‘ting.
4️⃣. “Конфиденциальность и безопасность” bo‘limida “Настройки сайта”ni tanlang.
5️⃣. “Уведомления” bo‘limiga o‘ting.
6️⃣. Endi “Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений” opsiyasini o‘chirib qo‘ying.

Qoida bo‘yicha veb-saytlar, ilovalar va kengaytmalarning bildirishnomalari Chrome’da faqat sizning ruxsatingiz bilan paydo bo‘ladi. Ushbu sozlamani istalgan paytda o‘zgartirish mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz

10.08.2020 Комментарии Telegram

#telegram

Barcha Telegram limitlari bir joyda 📏

Yuborilishi mumkin bo‘lgan faylning maksimal hajmi qancha? Xabarning uzunligichi? Nechta kanal yaratish mumkin? Botlarnichi? Guruhlarga nechta ishtirokchini qo‘shish mumkin? Shunga o‘xshash savollarga javoblar bir joyga to‘plangan va muntazam ravishda yangilanib boradi (rus tilida).

👉🏻 Batafsil: http://limits.tginfo.me

👨🏻‍💻@itspecuz

09.08.2020 Комментарии Telegram

#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

“Men eng qiyin ishga eng dangasa odamni ishga olaman, chunki u ishning eng oson yo‘lini topadi.”

Bill Geyts

📌 P.S.: Mutolaa uchun ushbu maqolalar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz:
🔹Bill Geytsning 10 qoidasi
🔸Nima uchun ba’zida bekorchilik bandlikka qaraganda foydaliroq hisoblanadi?
🔹«Nol – sehrli raqam»: Bill Geytsdan eng yorqin iboralar
🔸Bill Geytsning yoshlarga 11 maslahati
🔹“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang.

👨🏻‍💻@itspecuz

10.08.2020 Комментарии Telegram

#mulohaza_uchun

“Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi 💪🏻

U — talaba. Darslarga vaqtida qatnaydi, mashina haydashni biladi, pianino chaladi, futbol o‘ynaydi, kompyuter tuzatadi, o‘z ustaxonasi, o‘z tadbirkorligi bor. U tengdoshlaridan ham ko‘ra ko‘proq yutuqlarga erishgan. Yoshlar orzu qiladigan hamma-hamma narsasi bor — sevgan mashg‘uloti, sodiq o‘rtoqlari, mehribon ota-onasi, mashinasi... Uning yana bir faxrlanadigan narsasi — metindek irodasi bor.

U darsda ruchkani tishlab olib yozadi, tishlari bilan kompyuterni tuzatadigan uskunani ushlaydi, tuzatish ishlarida otvyorkani tishlari orasida ushlab, tili bilan harakatlantiradi. Oyoqlari bilan kompyuterni tuzatadi, oyoqlari bilan pianino chaladi, mashina haydaydi.

Uning hamma narsasi bor, faqat...

👨🏻‍💻@itspecuz

10.08.2020 Комментарии Telegram

#learn_english_with_software

🇬🇧 Aziz tilshunos do‘stlar, ingliz tili shinavandalari! 🇺🇸

Shaxsiy kompyuteringiz yordamida ingliz tili uchun har kuni bir oz vaqt ajratgan holda, bilimingizni oshirib borishingiz uchun foydali dasturlarni bosqichlari bilan Sizlar uchun havola etamiz:

📝 Foydalanuvchi yo‘riqnomasi
(👇🏻quyidagi 6 bosqichdan iborat dasturlarni kanaldan yuklab olib, ulardan foydalanishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani albatta o‘qib ko‘ring 👆🏻)

1️⃣ Straightforward Macmillan Beginner

2️⃣ Straightforward Macmillan Elementary

3️⃣ Straightforward Macmillan Pre-Intermediate

4️⃣ Straightforward Macmillan Intermediate

5️⃣ Straightforward Macmillan Upper-Intermediate

6️⃣ Straightforward Macmillan Advanced

7️⃣ Basic Grammar in Use, 3rd Edition
(👆🏻yuqorida keltirilgan dasturlar sarasiga kirmaydi, alohida dastur)

Marhamat, dasturlarni yuklab oling, ulardan foydalanish uchun arxivdan chiqarib oling, do‘stlaringizga ulashing va birgalikda mashq qilib boring! 😉

📌 P.S.: Smartfon yordamida ingliz tili grammatikasini mashq qilib borishingiz uchun Duolingo va lug‘aviy boyligingizni oshirib borishingiz uchun Drops mobil ilovalarini tavsiya etamiz, ular bilan tanishish va yuklab olish uchun ushbu post ostidagi knopkalarga bosishingiz mumkin.👇🏻

👨🏻‍💻@itspecuz

10.08.2020 Комментарии Telegram

​​#tarmoq

📤 Kanalimizdagi #tarmoq#tarmoq rukni ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing: 📥

1️⃣. Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?

2️⃣. Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

3️⃣. Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli

4️⃣. IP manzil haqida

5️⃣. Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi

6️⃣. Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli

7️⃣. Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

8️⃣. “Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish

9️⃣. NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash

Maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

08.08.2020 Комментарии Telegram