Ota ulug' duosi bilan,
Er basavlat vafosi bilan,
Azallardan qutlug' elimda,
Ayol go'zal hayosi bilan.
Ertayu kech zavjiga mushtoq,
Qalbi birla yoriga o'rtoq,
Niyati ham ro'molidek oq,
Ayol go'zal hayosi bilan.
Begona ko'z ko'rolmas ko'zin,
Tinglayolmas nozlangan so'zin,
Oy uyalar berkitsa yuzin,
Ayol go'zal hayosi bilan.
Gul ostidan asta qarashar,
Sochlarin xam uyda tarashar,
Er zotiga qo'rslik yarashar,
Ayol go'zal xayosi bilan.
Jiming tilgay muxabbat sari,
Qiziqtirmas dunyoning zari,
Tovlanmagay tovus singari,
Ayol go'zal hayosi bilan.
Sodiq qolgan sadoqatgacha,
Dil istagan latofatgacha,
Tong yorishmas qiyomatgacha,
Ayol go'zal xayosi bilan.
┄┅অঠই✯❀࿆💥✿࿆✯ইঠঅ┅┄
@Sabr_iNshaAllah1
┄┅অঠই✯✿࿆💥❀࿆✯ইঠঅ┅┄

07.12.2018 t.me/sabr_inshaAllah1/23145